Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 06.02.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor F.X. dan undiruvchi S.K. ning foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi oylik ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Bog‘ot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan kundan tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilib, ota tomonidan aliment pullari oyma-oy, o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanib kelingan.
Shunga qaramasdan, joriy yilning aprel oyida, alimentchi ota Byuroning tuman bo‘limiga kelib, farzandiga to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment evaziga o‘z uyini rasmiylashtirib berish istagini bildirgan.
Shu bois, unga tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi 808-sonli qaroriga muvofiq, sobiq turmush o‘rtog‘i bilan kelishilgan holda Bog‘ot tumanidagi xovli joyini S.K. ning nomiga rasmiylashtirib berdi va qarzdor F.X. sud tomonidan aliment to‘lashdan ozod qilindi.