"Kelgusi haftalar Kiyev uchun hal qiluvchi bo‘ladi va telefon diplomatiyasi G‘arbning Ukrainaga bo‘lgan haqiqiy yordami o‘rnini bosa olmaydi", dedi Polsha bosh vaziri.
Donald Tusk bunday fikrni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
"Yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukrainaga havo hujumi eng yirik hujumlardan biriga aylandi, bu esa Kremlni harbiy harakatlardan telefon qo‘ng‘iroqlari bilan to‘xtatib bo‘lmasligini tasdiqladi", — deya ta’kidladi Polsha bosh vaziri.