«Oskar» mukofotini topshirish marosimi Eron dronlarining ehtimoliy tahdidi sababli FXB va maxsus kuchlar ishtirokidagi xavfsizlik choralari ostida bo‘lib o‘tadi.
«Los-Anjeles polisiyasi «Dolbi» teatri atrofidagi perimetrni qo‘riqlash uchun ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar va taktik guruhlarni safarbar etib, o‘z ishtirokini sezilarli darajada kuchaytirdi», — deb xabar beradi Post Millennial nashri.
Qayd etilishicha, kinopremiya tashkilotchilari va maxsus xizmatlar nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlardan, balki kiberhujumlar hamda norozilik namoyishlaridan ham xavfsiramoqda.