Transfermarkt portali Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchilari yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Roma» klubi forvardi Eldor Shomurodov reytingning top-10ligidan joy olgan.
Qit’amizning eng qimmatbaho o‘yinchilari ro‘yxatini bu safar ham Son Hyon Min boshqarmoqda. «Tottenhem»ning 29 yoshli janubiy koreyalik hujumchisining transfer bahosi 75 million yevroga narxlangan.
Ikkinchi o‘rinni Takexiro Tomiyasu band etgan. «Arsenal»ning 23 yoshli yaponiyalik himoyachisi 25 million yevroga baholangan.
Uchinchi o‘rindan ham yapon o‘yinchisi joy olgan. «Ayntraxt»ning 25 yoshli o‘yinchisi Daiti Kamadaning transfer narxi 22 million yevroni tashkil etgan.
Beshlikni esa Eron milliy jamoasining ikki vakili to‘ldirgan. «Bayer» forvardi Sardor Ozmun 22 million yevroga, «Portu» hujumchisi Mehdi Toremiyning transfer narxi 20 mln yevroga baholangan.
Top-10lik reytingni Eldor Shomurodov yakunlagan. O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Roma»ning 27 yoshli hujumchisining narxi 8 million yevroni tashkil etmoqda.
Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchilari top-10 reytingi bilan tanishing: