Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga ishonch bildirdi — 2025–2026 yillarda yirik loyihalar boshlanadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga ishonch bildirdi — 2025–2026 yillarda yirik loyihalar boshlanadi

O‘zbekistonda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida 23 ta yangi loyihani amalga oshiriladi. Bu haqda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashining 58 yillik yig‘ilishida 2025–2026 yillar uchun umumiy qiymati 3,6 milliard dollar bo‘lgan 23 ta yangi loyihani amalga oshirish dasturi imzolandi.

Loyihalar ta’lim, ichimlik suvi ta’minoti, transport va moliyaviy-texnik yordam sohalari kabi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Xabarda qayd etilishicha, tashrifning asosiy natijasi — 2025–2026 yillar davomida OTB Boshqaruvchilar kengashi raisi vakolati O‘zbekistonga o‘tishi haqida rasmiy e’lon qilinishi bo‘ldi. Tadbirda qatnashgan Jamshid Xo‘jayev kengash raisi sifatida tasdiqlandi, bu esa O‘zbekistonga yetakchi xalqaro moliya institutlari tomonidan bildirilayotgan yuqori ishonchning yorqin tasdig‘i bo‘ldi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, OTB boshqaruvchilar kengashining 59 yillik yig‘ilishi 2026 yil may oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi haqida yakdil qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankiga 1995 yilda a’zo bo‘lgan va o‘shandan beri bank mamlakatga qarz, grant va texnik ko‘mak taqdim etib kelmoqda.

Kiritildi: 19:03 11.05.2025. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!