Nepal hukumati mamlakatda Telegram messenjeriga taqiqi qo‘yishni buyurdi.
Bu haqda Nepal telekommunikasiya boshqarmasi rasmiy xabarnomasida ma’lum qilingan.
Qaror platformadan onlayn firibgarlik va pul yuvish uchun foydalanilgani qayd etilgan holatlar tufayli qabul qilingan. Aloqa operatorlariga zudlik bilan cheklov choralarini qo‘llash buyurildi.
Tashabbus Bosh vazir devoni va xavfsizlik idoralari bilan kelishilgan.