Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Osiyo Chempionlar ligasi finalini o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi

A A A
Osiyo Chempionlar ligasi finalini o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi

25 may kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabida mezbon “Al-Ayn” hamda Yaponiyaning “Yokogama Marinos” jamoalari o‘rtasida Osiyo chempionlar ligasi finalining javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

E’tiborlisi, “Xazza bin Zayd” stadionida kechadigan hal qiluvchi o‘yinni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Tantashevga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynulin yordamlashsa, Rustam Lutfulin hamda Sanjar Shayusupov zaxira hakami sifatida faoliyat yuritadi.

“Al-Ayn” va “Yokogama Marinos” jamoalarining 11 may kuni Yaponiyada kechgan dastlabki uchrashuvida 2:1 hisobida “Yokogama Marinos”ning qo‘li baland kelgan edi.

Kiritildi: 16:29 23.05.2024. O'qildi: 1407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!