Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Ortimdagi arvoh

A A A
Ortimdagi arvoh

Angliyaning Bedlington shahrida yashovchi 39 yoshli Laura Uotson ismli ayolning aytishicha, yaqinda farzandlarini istirohat bog‘iga sayr qilish uchun olib borgan ekan. Qiziqqon bolalar daraxtlar ustiga chiqib suratga tushishni ixtiyor etishdi. Afsuski, ayol shu suratga tushish jarayoni barchalari uchun dahshatli yakun topishini bilmagan ekan...

Xullas, voqea shahardagi “Plessi-Vuds” istirohat bog‘ida sodir bo‘ldi. Bolalardan biri 9 yoshli Bayron ham daraxt ustiga chiqib suratga tushishni istadi. Suratga olingach, ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, Bayronning shundoq orqasida ranglari oqargan, ko‘z qarashlari bejo bir bola turar, yana Bayronning yelkasiga qo‘lini ham qo‘yib olgandi. Azbaroyi qo‘rqib ketgan ona shu zahoti farzandlarini olib uyiga jo‘nadi.

— Men ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, — dedi Uotson xonim. — Ilgari bunaqangi narsalarga umuman ishonmasdim. Shu safar suratdagi arvoh qiyofasini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rgach, ishona boshladim. Hatto, kechalari qo‘rqqanimdan uxlay olmaydigan bo‘ldim...

Qo‘rqishiga asos bor. Negaki, bu arvoh qachonlardir istirohat bog‘idagi hovuzga cho‘kib ketgan bolakayga tegishli ekan. Shundan beri bolaning tinchini topa olmagan arvohi bog‘ga tashrif buyurganlarni bezovta qilar, o‘limidan norozi ekanini shu yo‘l bilan bildirib turarkan. Asosan suratga tushayotganlarning yonida yoki orqa fonda paydo bo‘lib hammani qo‘rqitarkan.

Lauraning internetdagi xabarini o‘qiganlar tez-tez kalima keltirishni, xudodan oilasi, farzandlariga sog‘liq, uzoq umr so‘rab yolvorishni maslahat berishdi. Ularning gapiga ko‘ra, xudoyimning inoyatlari tasodifiy emas. Demak, arvoh ham tasodif tufayli ko‘zga tashlanmaydi. Umuman, boqiy dunyoda tasodiflarning o‘zi yo‘q. Bezovta arvohlar ta’qibidan faqat va faqat duo, kalima qutqarishi mumkin. Agar bu amalni ado etmasak, qo‘rquvga erk bersak, bezovta arvohlar bizga yanada yaqinroq bo‘lishni xohlab qolarkan. Natijada yo salomatlikdan ayrilish, yoki o‘lim topish hech gap emaskan. Xudoning o‘zi asrasin!

esoreiter.ru

Kiritildi: 12:00 02.06.2018. O'qildi: 4027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!