Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Organik mahsulotlar ishlab chiqarish Qonun bilan tartibga solindi

A A A
Organik mahsulotlar ishlab chiqarish Qonun bilan tartibga solindi

“Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-766-son, 25.04.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Mazkur qonun organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamg‘alash va realizasiya qilish, shuningdek muvofiqlikni baholash va avtorizasiyalashtirishni tartibga soladi.

Organik mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sertifikatlashtirilgan organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun subsidiyalar ajratiladi.

Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishda sog‘lom hayvonlar va o‘simliklardan, xavfsiz mahsulotlardan hamda kelib chiqishi hayvonlar va o‘simliklarga mansub bo‘lgan xomashyodan foydalaniladi.

Organik mahsulotlarni tamg‘alashda “organic” (organik), “biologic” (biologik), “ecologic” (ekologik), “natural” (tabiiy) degan so‘zlardan foydalanilishi mumkin.

Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar reestri yuritiladi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: 09:38 27.04.2022. O'qildi: 2644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!