Vengriya bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev buning uchun Vengriya muxolifatidan foydalanmoqda, bundan ko‘zlangan maqsad esa Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligini ta’minlash.
Eslatib o‘tamiz, Kiyev va Budapesht o‘rtasidagi hozirgi ziddiyat Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) tomonidan Karpatorti hududida ikki nafar vengriyalik josus qo‘lga olingani haqidagi bayonotdan keyin boshlangan edi. Shundan so‘ng Budapesht ham “ukrainalik josuslar” qo‘lga olinganini ma’lum qila boshladi.