Bu haqda Rossiya hukumati tomonidan tuzilgan hujjatlarga tayanib Politico xabar berdi.
"2025 yil oktyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga uning “sichqoni” bo‘lishga va “arslon”ga (Rossiyaga) yordam berishga va’da bergan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban dekabr oyiga kelib o‘z mamlakatini Kremlga yanada mahkamroq bog‘lashga tayyorgarlangan", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilning oxirida Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvada uchrashib, ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy, savdo, energetika, madaniy va sport aloqalarini kengaytirish bo‘yicha 12 banddan iborat kelishuvni imzolagan.
Politico tanishib chiqqan hujjatlarda Rossiya va Vengriya idoralari uchun yangi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalar mavjud. Siyyarto va Lavrov tomonidan imzolangan kelishuv “ikki tomonlama savdodagi salbiy dinamikani o‘zgartirish”ga intilishni nazarda tutadi, Rossiya kompaniyalariga Vengriyaning elektr energetikasi va vodorod energetikasi sohasidagi yangi loyihalariga yo‘l ochadi, shuningdek, neft, gaz va yadro yoqilg‘isi sohasida hamkorlikni o‘z ichiga oladi.