Joriy yil 3 aprel kuni Andijon shahar “Hamdo‘stlik” mahallasida 31 yoshli haydovchi D.M. (ayol) o‘zining «Cobalt» rusumli avtomashinasida turar joy dahasidan harakatlanib kelayotib, e’tiborsizlik oqibatida ushbu joyda turgan ikki nafar voyaga yetmagan bolalarni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Voyaga yetmagan bolalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga – shifokorlar ko‘rigiga jo‘natilgan.
Hozirda voyaga yetmagan bolalarning olgan tan jarohatlarini darajasini aniqlash maqsadida Sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.