Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Oq uyda Trampning bir yillik faoliyatidan so‘ng kadrlar o‘zgarishi mumkinligi ta’kidlanmoqda

Oq uyda Trampning bir yillik faoliyatidan so‘ng kadrlar o‘zgarishi mumkinligi ta’kidlanmoqda

CNN manbalarga tayanib xabar berishicha, Oq uyda AQSh prezidenti Donald Trampning bir yillik faoliyatidan keyin kadrlar almashinuvi bo‘lishi mumkin.

RIA Novosti xabar qilishicha, o‘zgarishlar kelgusi yanvar oyida ham yuz berishi ehtimoli bor - Trampning ikkinchi prezidentlik muddati 2025 yil 20 yanvarda boshlangan.

O‘zgarishlar Kristi Noem rahbarlik qilayotgan AQSh Ichki ishlar vazirligida kutilmoqda - bu idora Trampning ommaviy deportasiya haqidagi saylovoldi va’dasini amalga oshirish uchun mas’uldir.

Bundan tashqari, Energetika vazirligida ham kadrlar o‘zgarishi bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 19:02. O'qildi: 164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!