"AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolsning iste’foga chiqishi mumkinligi haqida Oq uyda faol muhokamalar ketmoqda. Bu Qo‘shma Shtatlarning Yamanga bergan zarbalari haqidagi maxfiy ma’lumotlarning ommaviy axborot vositalarida tarqalishi bilan bog‘liq holda yuz bermoqda", deb yozadi nashr.
Politico manbalariga ko‘ra, Uolsning iste’foga chiqishi istisno qilinmagan, ammo hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan.
Oq uy rasmiylari prezident Donald Tramp yaqin bir-ikki kun ichida yakuniy qaror qabul qilishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, prezident hozirda ma’lumotlar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda.