Bu haqda Axios xabar berdi.
AQSh ma’muriyatining mansabdor shaxslari Netanyahuning “buzg‘unchiligi” va mintaqaviy siyosatidan xavotirda.
"Oq uyda Isroil bosh vaziriga nisbatan shubha kuchaymoqda. AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff Binyamin Netanyahuni “qurollarni tezda ishga solishga moyil va haddan tashqari buzg‘unchi” deb hisoblaydi", deb yozmoqda nashr.
Axios'ning qayd etishicha, prezident Tramp hozircha Netanyahuni ochiq tanqid qilishdan tiyilmoqda, u o‘z maslahatchilarining noroziligini inibatga oladimi yo‘qmi bu hali noma’lum.