Oq uyda Zelenskiyga nisbatan "qamchi" usuli qo‘llanilgani aytildi.
AQSh rahbari Donald Trampning yetakchi maslahatchisi Jeyson Miller Ukrainaga yordamni to‘xtatish haqida so‘zlar ekan, Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyni tinchlik bitimiga jalb qilish uchun "qamchi" usulidan foydalanganini ma’lum qildi.
"Prezident Tramp qotilliklarni to‘xtatish haqida gapirayotgan yagona shaxs, va ba’zida rahbarlar shirinlik usulini, ba’zida esa qattiq qo‘l siyosatini qo‘llashlari mumkin. Bu holatda esa, menimcha, prezident Tramp o‘z fikrini prezident Zelenskiyga yetkazish uchun qattiq choralardan foydalanmoqda. Uning maqsadi qotilliklarni to‘xtatishdir. Zelenskiy muzokaralar stoliga qaytishi kerak. U bu masalaga jiddiy yondashishi lozim," deya ta’kidladi Miller.