Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Oq uy yaqinidagi otishma ortidan AQSh kongressmeni ommaviy deportasiya chaqirig‘i bilan chiqdi

Oq uy yaqinidagi otishma ortidan AQSh kongressmeni ommaviy deportasiya chaqirig‘i bilan chiqdi

Texasdan saylangan respublikachi kongressmen Brendon Gill Oq uy yaqinida Milliy gvardiya xizmatchilariga qilingan hujumdan so‘ng migrantlarni “ommaviy deportasiya” qilishga chaqirdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida ma’lum qildi.

Kongressmenning aytishicha, hodisa bo‘yicha gumonlanayotgan shaxs “Afg‘oniston fuqarosi” ekani ma’lum qilingan. Gill o‘z murojatida ayrim migrantlarni “vaxshiylar” deb atagan.

Siyosatchi shuningdek, “islomiy terrorizm AQSh tarixining ajralmas qismi emasligi”ni ta’kidlab, so‘nggi o‘n yilliklardagi migrasiya siyosatini tanqid qildi. Uning ta’kidiga ko‘ra, “radikal guruhlar Amerika turmush tarziga tahdid solmoqda”.

Kiritildi: 14:10 27.11.2025. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!