Oq Uy yaqinida Trampning vertolyotiga lazer nurini yo‘naltirgan erkak qo‘lga olindi, bu vertolyotning halokatiga sabab bo‘lishi mumkin edi — NBC News.
Sud hujjatlarga ko‘ra, 20 sentyabr kuni Jeykob Samyuyel Uinkler ismli shaxs Oq uy yaqinida uchib ketayotgan Marine One vertolyoti tomon lazer ko‘rsatkichini yo‘naltirgan. Ushbu vertolyot Qo‘shma Shtatlar prezidentiga xizmat ko‘rsatadi. Uinkler darhol AQSh Maxfiy xizmati tomonidan qo‘lga olingan. So‘roq chog‘ida u vertolyotga lazer yo‘naltirganini tan olgan, biroq bu harakat taqiqlanganini bilmaganini aytgan.
"Unga besh yilgacha qamoq jazosi va 250 ming dollar miqdorida jarima tahdid solmoqda. AQShda bunday harakatlar federal darajadagi og‘ir jinoyat hisoblanadi", deya xabar bermoqda NBC News.
Hozircha bu hodisa Marine One uchuvchisiga qanday ta’sir qilgani noma’lum. Shuningdek, voqea vaqtida Donald Tramp vertolyotda bo‘lgan-bo‘lmaganligi ham aniq emas.