Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Oq uy Vashingtondagi otishmani Trampga suiqasd urinishi sifatida baholamoqda

Oq uy Vashingtondagi otishmani Trampga suiqasd urinishi sifatida baholamoqda

Vashington ma’muriyati shanba kuni AQSh poytaxtida AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirok etgan qabulda sodir bo‘lgan voqeani yangi suiqasd urinishi sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt bu haqda matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Men bugun sizning savollaringizga javob berish va Amerika jamoatchiligini AQSh ma’muriyati Prezident Trampga qarshi so‘nggi suiqasd urinishiga javoban ko‘rayotgan choralari haqida xabardor qilish uchun bu yerga kelishni o‘rinli deb bildim", dedi u.

Levitt shuningdek, Oq uy nuqtai nazaridan jinoyatchi "prezidentni va iloji boricha ko‘proq ma’muriyat amaldorlarini o‘ldirishni" niyat qilganini qo‘shimcha qildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, 25 aprel kuni Tramp ishtirok etgan Washington Hilton mehmonxonasida Oq uy muxbirlari assosiasiyasi qabulida otishma sodir bo‘lgan. Amerika yetakchisi, vise-prezident Jey Di Vens va ularning turmush o‘rtoqlari darhol zaldan evakuasiya qilindi. Gumondor Maxfiy xizmat tomonidan hibsga olingan.

AQSh prezidenti Donald Tramp va birinchi xonim Melaniya Trampdan tashqari, ziyofatda vise-prezident Jey Di Vens, Davlat kotibi Marko Rubio, G‘aznachilik kotibi Skott Bessent, Pentagon kotibi Pit Xegset, FQB direktori Kesh Patel va boshqa bir qator vazirlar va AQSh ma’muriyatining yuqori lavozimli vakillari ishtirok etishdi.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!