Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Oq uy Trampga suiqasd sababini “sayyosiy nafrat ritorikasi” bilan bog‘ladi

Oq uy Trampga suiqasd sababini “sayyosiy nafrat ritorikasi” bilan bog‘ladi

OQ UY matbuot kotibi Kerolin Livitt ma’lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Trampga nisbatan uyushtirilgan suiqasd mamlakatdagi keskin siyosiy muhit va uni “jinoiylashtirib ko‘rsatish” tendensiyasi bilan bog‘liq.

Brifingda u AQShdagi siyosiy zo‘ravonlik kuchayishini alohida ta’kidlab, bu holat Trampga nisbatan uzoq vaqt davomida shakllantirilgan keskin bayonotlar va uni qoralovchi ritorika oqibati ekanini bildirdi.

Livittning aytishicha, Tramp va uning tarafdorlariga qarshi bayonotlar ayrim siyosiy raqiblar, ommaviy axborot vositalari hamda Demokratik partiya vakillari tomonidan ham kuchaytirilgan.

Oq uy bayonotiga ko‘ra, aynan shu omillar AQShda siyosiy zo‘ravonlik muhitini kuchaytirib, suiqasd kabi holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 23:43 27.04.2026. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!