Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Oq uy Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish uchun AQSh Senatiga yashirin ravishda bosim o‘tkazmoqda – WSJ

 Oq uy Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish uchun AQSh Senatiga yashirin ravishda bosim o‘tkazmoqda – WSJ

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati senator Lindsi Gremni Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha o‘z qonun loyihasini zaiflashtirishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. AQSh prezidenti Moskva bilan ziddiyatga borishni emas, balki kelishishni istaydi.

"Ehtimoliy variantlardan biri sifatida hujjat loyihasidagi “bajarishga majbur” jumlasini “qilishi mumkin” jumlasiga bilan almashtirish ko‘rib chiqilmoqda, bu esa sanksiyalarning qo‘llanilishini ixtiyoriy qiladi", deb yozadi The Wall Street Journal.

"80 dan ortiq senator ushbu hujjatni qo‘llab-quvvatlamoqda, biroq Tramp bu uning Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilash harakatlariga to‘sqinlik qilishidan xavotirda", deyiladi maqolada.

Kiritildi: 09:32 07.06.2025. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!