Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Oq uy: "Rossiya va Ukraina hech qachon tinchlikka hozirgidek yaqin bo‘lmagan"

Oq uy: "Rossiya va Ukraina hech qachon tinchlikka hozirgidek yaqin bo‘lmagan"

Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralarda qatnashayotgan tomonlar hech qachon tinchlikka hozirgidek yaqin bo‘lmagan.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lum qildi.

"Biz hech qachon tinchlik kelishuviga hozirgidek yaqin bo‘lmaganmiz. Prezident Donald Tramp siz bilganingizdek, bu maqsadga erishishga qat’iy qaror qilgan", - deya ta’kidladi u.

Livittning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadagi harbiy amaliyotlar AQShning avvalgi ma’muriyati tufayli boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keng ko‘lamli urush 2022 yilning 24 fevralida boshlangan.

Kiritildi: 23:19 17.03.2025. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!