Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Oq uy Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi BAAdagi muzokaralarni tarixiy deb atadi

Oq uy Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi BAAdagi muzokaralarni tarixiy deb atadi

Qo‘shma Shtatlar Rossiya-Ukraina urushini tugatish uchun BAAda o‘tkazilgan uch tomonlama muzokaralarni tarixiy voqea deb atadi.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt bu haqda ma’lum qildi.

"O‘tgan dam olish kunlari keng ommaga e’lon qilinmagan, ammo tarixiy bo‘lgan ko‘p tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Prezident jamoasi tinchlikka yaqinlashish uchun bu urushning ikkala tomonini ham muzokaralar stoliga olib keldi", dedi Levitt.

U shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp bu jarayonda shaxsan ishtirok etayotganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh delegasiyasi tarkibidagi Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff va tadbirkor Jared Kushner davlat rahbarini muzokaralar natijalari bo‘yicha muntazam ravishda xabardor qilib turishadi.

Shuni ta’kidlash joizki, Rossiya, AQSh va Ukrainaning xavfsizlik masalalari bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi 23 va 24 yanvar kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tdi. Tomonlarning fikriga ko‘ra, uchrashuvlar konstruktiv o‘tdi.

Kiritildi: Bugun 07:10. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!