Trampning Oval kabinetdagi “qattiq tanbehlari” dunyo yetakchilari uchun yangi muammoga aylandi.
CNN'ning yozishicha, bu AQSh prezidentining JAR rahbariga qilgan tanqidlaridan keyin yaqqol namoyon bo‘ldi. Fevral oyida Zelenskiy bilan yuz bergan tortishuv ham bunga misol bo‘ladi.
"Endi xorijiy rahbarlari AQSh prezidentining qarorgohiga tavakkal qilib borishmoqda. Tramp matbuot anjumanlarini jang kabi o‘tkazmoqda. Ba’zi davlat yetakchilar endi Oq uyga tashriflarini qayta ko‘rib chiqishlari mumkin. Ilgari bu “orzu qilingan taklif” bo‘lgan bo‘lsa, endi “siyosiy tuzoqqa” aylanmoqda", deb yozmoqda CNN.
"Dunyo yetakchilari o‘z fuqarolari oldida qanday ko‘rinishda bo‘lishlar haqida o‘ylashi kerak. Agar ular Trampga qarshi tura olmasalar, zaif ko‘rinishadi. Agar qattiq qarshi chiqsalar, Zelenskiy kabi ichki qo‘llab-quvvatlashga erishishlari mumkin, ammo bunda Tramp ma’muriyati ularga nisbatan adovat saqlab qolishi ehtimoli bor. Bu esa ularning milliy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin", deyiladi maqolada.