Oq uy apparati rahbari o‘rinbosari Stiven Miller AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Hindiston Rossiya neftini sotib olib, Rossiya-Ukraina mojarosini moliyalashtirayotgani haqida bayonot berdi.
Bu haqda Stiven Miller Fox Business telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Tramp Hindistonning Rossiyadan neft sotib olish orqali bu urushni moliyalashiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aniq aytdi", — dedi u.
Millerning so‘zlariga ko‘ra, Amerika ma’muriyati “diplomatik, moliyaviy va boshqa vositalar yordamida ushbu mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga erishishning hech qanday variantlarini istisno etmaydi”.