AQSh Kongressining Ukrainaga harbiy yordam ajratishga roziligi yo‘qligi Amerika ma’muriyatining Kiyevga bunday mablag‘ni va’da qilishiga imkon bermaydi. Bu haqda Oq uyning strategik kommunikasiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.
Jurnalistlar uchun navbatdagi brifingda Kirbi Amerika ma’muriyati Ukrainaga keyingi yordamni kafolatlay olmasligini aytdi.