Vashington agar Venesuela yon bermasa, yanvar oyi oxiriga kelib og‘ir ahvolga tushib qoladi degan fikrda.
Agentlik xabariga ko‘ra, blokada kamida ikki oy davom etadi. Bu quruqlikdagi zarbalar ehtimolini kamaytiradi, biroq kuch ishlatish varianti hanuz ko‘rib chiqilmoqda. Hozirgi asosiy urg‘u iqtisodiy bosim va sanksiyalarga qaratilgan.
17 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida Venesuelaga borayotgan va u yerdan kelayotgan sanksiya ostidagi neft tankerlariga nisbatan “to‘liq blokada” joriy etilganini e’lon qilgandi. Tramp bu chorani Venesuela Qo‘shma Shtatlardan "neft, yer va boshqa aktivlarni o‘g‘irlagani" bilan izohlagan. Noyabr oyida AQSh prezidenti Venesuela havo hududi yopilganini e’lon qilgan edi.