Oq uy tegishli muassasalar tomonidan Kongressga taqdim etilgan hisobotning qisqacha mazmunini e’lon qildi, unda qabul qilingan muhim qarorlar va AQShning Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklar o‘rganildi.
Hujjatda ta’kidlanganidek, Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlarini NATOdagi ittifoqdoshlari bilan tayyorlash va jihozlash, afg‘on hukumatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yuzlab milliard dollar sarflagan.“Urush boshlanganidan 20 yil o‘tib Amerika botqoqqa botgan edi. Afg‘onistonda maqsadlari noaniq ,cheksiz ko‘rinadigan urushda va bugungi va ertangi milliy xavfsizlik masalalariga yetarlicha sarmoya kiritmayotgan edi.