Donald Tramp ma’muriyati ukrainalik qochqinlarga ularning vaqtinchalik huquqiy maqomi tugatilganligi to‘g‘risida bildirishnomalar yuborib, ulardan yetti kun ichida Qo‘shma Shtatlarni tark etishni talab qilib, xatoga yo‘l qo‘ydi.
Maktublarda shunday deyilgan: " Agar siz Qo‘shma Shtatlarni zudlik bilan tark etmasangiz, immigrasiya choralariga, jumladan deportasiyaga duch kelishingiz mumkin. Iltimos, mamlakatda noqonuniy qolishga urinmang ".
4 aprel kuni AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi xatolik yuz berganini tan oldi va ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalda qolayotganini ta’kidladi.
Keyinroq mamlakatda vaqtincha istiqomat qilayotgan Rossiya fuqarolariga ham xuddi shunday xat yuborilgan . Ularga bir hafta ichida Qo‘shma Shtatlarni tark etish buyurilgan, aks holda immigrasiya idoralari chora ko‘rishi mumkin.
Ko‘rinishidan, ma’muriyat dastlab Ukraina fuqarolarini ruslar bilan adashtirgan .