Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

OpenAI turli kasb egalarini jalb etmoqda: sun’iy intellekt yangi bosqichga chiqmoqda

OpenAI turli kasb egalarini jalb etmoqda: sun’iy intellekt yangi bosqichga chiqmoqda

OpenAI Handshake AI startapi orqali turli sohalardan 4000 nafar frilanserni ishga jalb etgani ma’lum qilindi.

Ular fermerlik, aviasiya, tibbiyot va boshqa «real» kasblar bo‘yicha sun’iy intellektga amaliyotga yaqin bilimlar bermoqda. Mutaxassislar hujjatlar, ssenariylar va haqiqiy ish vazifalari orqali AI tizimlarini o‘qitish bilan shug‘ullanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ish uchun yuqori haq to‘lanmoqda: oddiy mutaxassislar soatiga taxminan 50 dollardan, yuqori malakali ekspertlar esa 500 dollargacha maosh olmoqda.

Bu jarayon sun’iy intellektni nafaqat dasturlash, balki turli amaliy sohalarda ham samarali ishlashga tayyorlashga qaratilgani bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Kiritildi: 21:13 04.04.2026. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!