Bugun 6 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

OpenAI, Meta va Amazon Trampning inaugurasiyasiga 1 million dollardan xayriya qiladi

OpenAI, Meta va Amazon Trampning inaugurasiyasiga 1 million dollardan xayriya qiladi

ChatGPT botini yaratgan OpenAI kompaniyasi Donald Trampning inaugurasiya fondiga 1 million dollar xayriya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fox New xabar berdi.

Kompaniya direktori Sem Altman o‘z bayonotida Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarni “sun’iy intellekt asriga” olib borishini, shuning uchun OpenAI rahbari “Amerikani hammadan oldinda bo‘lishi uchun uning qilayotgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor”ligini yozgan.

12 dekabr kuni The Wall Street Journal nashri Meta Donald Trampning inaugurasiyasiga million dollar xayriya qilgani haqida xabar berdi. Oradan bin kun o‘tib, Amazon ham xuddi shunday miqdorda xayriya qilishi ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 17:32 14.12.2024. O'qildi: 938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!