OPEK+ tarkibiga kiruvchi yetti davlat iyul oyida neft qazib olishni kuniga 188 ming barrelga oshirishni kelishib oldi, deyiladi tashkilot saytidagi xabarda. Bular Saudiya Arabistoni, Rossiya, Iroq, Quvayt, Qozog‘iston, Jazoir va O‘mon kabi davlatlardir.
OPEK+ materiallariga ko‘ra, Rossiyaga iyul oyida neft qazib olish hajmini kuniga 9,824 million barrelgacha oshirishga ruxsat berilgan.
Shu bilan birga, 2023 yilning aprel oyida e’lon qilingan qo‘shimcha tuzatishlar bekor qilinishi mumkin.