Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Onlayn soxta birja qurboni

Onlayn soxta birja qurboni

Navoiy viloyati Uchquduq tumani IIBga fuqaro J.J., ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida "Ibrohim Treyd" nomli kanalga a’zo bo‘lganligini va o‘zini kanal egasi deb tanishtirgan shaxs birja savdolarida mablag‘ tikib, uni ikki baravar ko‘paytirib olishi mumkinligiga ishontirib bank kartasiga jami 2.695.000 so‘m pullarni o‘tkazib berganligi, va’da qilingan pullar qaytarilmaganidan so‘ng firibgarga uchraganligini tushunib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs, Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi, 2004 y.t., M.A. ekanligi aniqlangan.

M.A.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Kiritildi: 19:32 23.01.2023. O'qildi: 1976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!