Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Oltin va kumush narxlari keskin oshib, rekord darajaga yetdi — Bloomberg

Oltin va kumush narxlari keskin oshib, rekord darajaga yetdi — Bloomberg

Nyu-Yorkdagi Comex qimmatbaho metallar birjasida oltin narxining bir unsiyasi (31,1 gramm) 4 950 dollardan oshib, yangi psixologik nuqta — 5 000 dollarga yaqinlashyapti.

Kumush narxi birinchi marta 100 dollardan oshdi. Bugungi birja savdolarida kumushning bir unsiyasi 4,38% ga oshib, 100,6 dollarga yetdi.

Ekspertlar narxlarni rag‘batlantirayotgan asosiy omillar sifatida geosiyosiy keskinlikning saqlanib qolayotgani, AQSh dollarining zaiflashuvi va Federal zaxira tizimi (FZT) foiz stavkalarini pasaytirishi mumkinligi haqidagi kutilmalarni keltirmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!