Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

"Oltin to‘p" qachon topshirilishi e’lon qilindi

"Oltin to‘p" qachon topshirilishi e’lon qilindi

"Oltin to‘p"ni topshirish marosimi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi. France Football ijtimoiy tarmoqlarida xabar qilishicha, nufuzli mukofot 30 oktyabr kuni Shatle teatrida (Parij) topshiriladi. Sovrin uchun da’vogarlarning yakuniy ro‘yxati 6 sentyabr kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p"ning amaldagi sohibi "Real Madrid" va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Karim Benzema hisoblanadi.

Bu yilgi sovrinning asosiy favoriti argentinalik hujumchi Lionel Messidir. 35 yoshli hujumchi terma jamoa bilan birga 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqdi, shuningdek, "PSJ" bilan Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 16:16 09.06.2023. O'qildi: 2517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!