Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasi bilan to‘qnashdi

Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasi bilan to‘qnashdi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida ikki nafar haydovchi va bir yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, YTH 9 oktyabr kuni soat 13:50 atrofida Sebzor ko‘chasidagi 9-oilaviy poliklinika qarshisida yuz bergan.

1985 yilda tug‘ilgan J.B. boshqaruvidagi FAW rusumli yuk avtomobili haydovchisi oraliq masofani saqlamagani va boshqaruvni yo‘qotgani oqibatida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan ikkita «Damas» hamda XCMG rusumli avtokranga borib urilgan.

Hodisa natijasida ikki nafar «Damas» haydovchisi va bir yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Boshqa jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:41 10.10.2026. O'qildi: 1053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!