Olmaotadagi yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritilgan Turkiston viloyatida tug‘ilgan fuqaro tirik bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi Otyrar.kz.
'Amirali Ramazon Botiraliuli 20 yoshda, Chimkentdagi madrasalardan birida tahsil olayotgan yigit. U pul topish maqsadida olmaotaga ko‘chib o‘tgan. Fojiadan bir necha kun oldin yigit Sariog‘ash tumaniga qaytib kelgan. Ota-onasi uni qishloqqa qaytib, Toshkentda birga ko‘rikdan o‘tishini iltimos qilgan. Ayni damda Ramazon uyda ota-onasi bilan", deyiladi xabarda.