Bir kunda kamida bir-ikkita olma iste’mol qilish kerak, shirinliklar o‘rniga quritilgan olma yeyish mumkin, olmali pirogni esa vaqti-vaqti bilan iste’mol qilgan ma’qul. Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash departamenti bosh diyetologi Antonina Starodubova aytib o‘tdi.
Diyetologning aytishicha, olma nafaqat xushta’mi, yaxshi holatda uzoq muddat saqlanishi, balki odam organizmi uchun zarur bo‘lagan foydali vitaminlar, minerallar, antioksidantlar va kletchatkalar manbi ekani bilan ham ajralib turadi.
“Olma tarkibida V1, V2 vitaminlari, foliy kislota, karotinoidlar hamda S vitamini mavjud. Karotinoidlar (A vitamini), S vitamini, shuningdek, asosan olma po‘stlog‘ida mavjud bo‘lgan bioflavonoidlar odam hujayralari membranasini zararlanishdan himoya qiladi”, deydi A.Starodubova.
Olmadagi kletchatka, shuningdek, oziq-ovqat tolalarini ko‘p saqlaydigan po‘stlog‘i ichaklar mikroflorasini muvozanatda ushlash, lipid almashinuvni me’yorlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Organik kislotalar ovqat hazmini yaxshilaydi.
Shifokor olmaga nisbatan allegriyasi bor odamlarga uni iste’mol qilmaslikni tavsiya qildi, deyiladi ria.ru saytida.