🏢 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 661,8 ming nafarni tashkil etgan.
✅ O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni yillar kesimida quyidagicha (hisobot yilida):
2020/2021-o‘quv yili boshiga 441,8 ming nafar;
2021/2022-o‘quv yili boshiga 553,9 ming nafar;
2022/2023-o‘quv yili boshiga 622,6 ming nafar;
2023/2024-o‘quv yili boshiga 661,8 ming nafarni tashkil etgan.