Adliya vazirligi oliy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish mezonlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (№3732, 23.12.2025).
Hujjatga ko‘ra, davlat va nodavlat OTMlar 8 ta yo‘nalish bo‘yicha 47 ta mezon, jami 271 ta indikator asosida baholanadi.
Shundan:
➖ 19 ta (7%) majburiy indikator;
➖ 252 ta (93%) umumiy indikator mavjud. Barchasi “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.
📊 Baholash tartibi:
➖ 50% gacha — muvofiq emas;
➖ 50–70% — qisman muvofiq;
➖ 70% va undan yuqori — muvofiq.
Majburiy indikator bajarilmasa, natijadan qat’i nazar, mezon “muvofiq emas” deb topiladi.