Bugun 28 iyun, 2022 yil, seshanba

КИР

Oliy majlis deputati «Nasaf» va «So‘g‘diyona» haqida fikr bildirdi

Oliy majlis deputati «Nasaf» va «So‘g‘diyona» haqida fikr bildirdi

Jizzax jamoasini ashaddiy muxlisiman. "Nasaf"ni esa yaxshi ko‘raman, zo‘r jamoa.

Bir paytlar Qashqadaryoda futbolni fundamental rivojlantirish uchun rahmatli Nuriddin Zayniyevni qilgan ishlarini Ergash Saliyev Jizzaxda endi qilayapti. Futbolni yaxshi ko‘radigan va shu yoshda ham shaxsan futbol o‘ynaydigan amaldagi hokimni men tanimayman. Futbol Jizzaxda fundamental rivojlanayapti, bu fakt. Lekin hozircha ortdamiz, 1:2.

Ulug‘bek Baqoyevga esa mahalliychilik qilish emas, mahalliy qobiliyatlarni ko‘proq tarbiyalashni maslahat beraman. Jizzaxda yosh qobiliyat bitta Xalilov ko‘rinayapti. "Nasaf"dagilarni esa sanab tugatib bo‘lmayapti… Bugun chempion bo‘lolmasmiz, ertaga da’vogar bo‘lishimiz uchun yagona yo‘l shu!

Yana bir gap. "So‘g‘diyona" degan nomni Jizzaxga umuman aloqasi yo‘q. Bu Samarqand hududidagi qadimgi davlat. Jizzax bu hududga hech qachon taalluqli bo‘lmagan. Jizzax qadimgi Ustrushona davlatidagi Duzark edi.

Jamoaning nomini "Jizzax" deb o‘zgartirish kerak. Bu viloyatni samarali reklama qilish uchun ham tayyor piar resurs, masalan, "Milan", "Manchester", "Lester", "Marsel" kabi. Turkiyadagi hatto mahallalar nomini ham dunyoda yaxshi bilishadi: "Galatasaroy", "Beshiktosh", "Fenerbahche".

Bu masala "Jizzax"ni bu yilda ilk bor xalqaro turnirda ishtirok etishi hisobga olinsa, ayni muddao.

Logotip masalasida…

Bo‘ri va "Roma" - bu qadimiy rivoyatga tayanadi. Lekin bo‘ri va Jizzax, juda beo‘xshov. O‘ylashimiz kerak. "Yuventus"nikiga o‘xshagan Jizzax viloyatini logotipi juda zo‘r chiqqan, aslida, nega shu logo ishlatilmaydi - aniq, mashhur va tushunarli. "Yuventus"dek bo‘lib ketarmidik.

Umuman olganda, O‘zbekistonda futbol o‘zgardi. Tomoshabop va adolatli o‘yinlar bo‘layapti. Men shaxsan hamma o‘yindan zavq olayapman.

Alisher Qodirov.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari - "Milliy tiklanish" DP fraksiyasi rahbari

Kiritildi: 21:20 13.05.2022. O'qildi: 2838 marta. Fikrlar soni: 12 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!