Bugun, 5 iyul kuni, yurtimizdagi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi tasarrufidagi 7 ta oliy harbiy ta’lim muassasalarida test sinovlari o‘tkazilmoqda.
Test sinovlari o‘tkazilayotgan jarayonlarni https://test2019.uz saytidan onlayn kuzatib borish mumkin.
«Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi», - deyiladi DTM xabarida.