Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Oliy attestasiya komissiyasi rahbari Ahmadbek Yusupov lavozimidan ozod etildi

Oliy attestasiya komissiyasi rahbari Ahmadbek Yusupov lavozimidan ozod etildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, Ahmadbek Todjiyevich Yusupov Oliy attestasiya komissiyasi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda 26 may kuni Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi.

Yusupov OAK raisi lavozimida 2015 yil 11 noyabrdan buyon ishlab kelayotgan edi.

2026 yil aprel oyi boshida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov ilmiy ishlarda plagiat ko‘payib ketgani, O‘zbekiston nufuzsiz “ilmiy” jurnallardagi maqolalar soni bo‘yicha yetakchiga aylanib qolgani sabab OAK faoliyatini tanqid qilgan, komissiya uning tanqidiga raddiya bergandi.

Kecha, 25 may kuni Shavkat Ayupov va oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z takliflarini davlat rahbari huzurida taqdimot qildi. Yig‘ilishda Oliy attestasiya komissiyasini Oliy ta’lim vazirligi tizimidan chiqarib, Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkazish taklifi ham ilgari surildi.

Komissiya faoliyatini tubdan takomillashtirish, ilmiy kengashlar mas’uliyatini oshirish va ular faoliyatini reyting asosida baholash nazarda tutilmoqda. Ilmiy daraja berish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish ham ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: Bugun 14:47. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!