Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Olimpiada translyasiyasida Rossiya va SSSR bayroqlari almashib qoldi

Olimpiada translyasiyasida Rossiya va SSSR bayroqlari almashib qoldi

Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida translyasiya qilingan yengil atletika sport turida tashkilotchilari yanglishib Rossiya bayrog‘ini grafikaga kiritishdi.

Bolg‘a uloqtirish musobaqasi boshlanishidan oldin jahon va Olimpiya rekordlarini ko‘rsatuvchi grafiklar paydo bo‘ldi.

Jahon rekordi (86,74 m) 1986 yilda Yuriy Sedix tomonidan o‘rnatilgandi, uning qarshisida jadvalda SSSR bayrog‘i ko‘rsatilgan. Olimpiada rekordi (84,80 m) 1988 yilda Seulda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda ham sovet sportchisi Sergey Litvinov tomonidan o‘rnatilgan, biroq tashkilotchilar uning nomi yoniga Rossiya Federasiyasi bayrog‘ini qo‘yishgan.

Olimpiya o‘yinlari Parijda 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarda beshta sport turi bo‘yicha 15 nafar rossiyalik: yetti tennischi, baydarka va kanoeda eshkak eshishning uchta vakili, uchta velosipedchi, trampolinda sakrash bo‘yicha bitta vakili va bir suzuvchi ishtirok etmoqda. XOQ qaroriga ko‘ra, ular Fransiya poytaxtida neytral maqomda, Rossiya bayrog‘i va madhiyasisiz chiqish qiladilar va medallar jadvalida ularning mukofotlari ko‘rsatilmaydi.

Kiritildi: 15:52 02.08.2024. O'qildi: 13245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!