Olimpiada doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz sayti orqali jami 7 mln 430 ming nafardan ortiq yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan.
AOKAda Yoshlar siyosati va sport vazirligi, tegishli hamkor tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida besh tashabbus olimpiadasining joriy yil ikkinchi mavsumining Respublika bosqichlarini tashkil etish yuzasidan ma’lumot taqdim etildi.
⚡️ Mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov va musobaqalar:
⚡️ “Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” tanlovining respublika bosqichi – 11-14-dekabr kunlari Jizzax viloyatida;
⚡️ Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish maqsadida “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun voleybol sport musobaqasi A liga bo‘yicha (o‘smirlar o‘rtasida) 22-25 dekabr kunlari Toshkent shahrida, V liga bo‘yicha 26-29 noyabr kunlari Farg‘ona viloyatida, C liga bo‘yicha 15-18 noyabr kunlari Navoiy viloyatida;
⚡️ "Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun voleybol sport musobaqasi A liga bo‘yicha (qizlar o‘rtasida) 21-24 dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatida; V liga bo‘yicha 20-23 noyabr kunlari Namangan viloyati, C liga bo‘yicha 26-29 noyabr kunlari Toshkent shahrida;
⚡️ “Bosh prokuror kubogi” uchun (o‘g‘il va qiz) kurash musobaqasi 2-4 dekabr kunlari Buxoro viloyatida;
⚡️ Gimnastrada musobaqasi (o‘g‘il va qiz) 27-29 noyabr kunlari Toshkent shahrida;
⚡️ “Zakovat” intellektual o‘yini 10 dekabr Toshkent shahrida
⚡️ Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi 22-25 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
⚡️ Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi 20-22 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
⚡️ Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Intellektual olimpiada 13-17 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.