Parij meri Ann Idalgo chorshanba kuni viloyat prefekti va Olimpida o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rahbari bilan Sena daryosida cho‘mildi.
Maqsad — Parijning Olimpiadaga tayyorligini va Sena daryosi suvi kanalizasiya axlatlaridan tozalanganini isbotlash. Chunki so‘nggi bir necha oy davomida parijliklar bu haqida ko‘plab marotaba arz qilgan edi.
Shanba kuni Fransiya sport vaziri ham Senada suzgan edi. Makron ham Senada cho‘milishni va’da qilgan, lekin bu amalga oshadimi yo‘qmi — hozircha noma’lum.