Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Olimlar yana bir koronavirus tarqatuvchisini aniqladi

A A A
Olimlar yana bir koronavirus tarqatuvchisini aniqladi

Pangolin Xitoy koronavirus ehtimoliy tarqatuvchisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda "Interfaks" Xitoy televideniyesiga asosan xabar qildi.

Xitoy olimlari pangolin yangi koronavirus genom ketma-ketligi kasal odam koronavirusning genomiga 99% o‘xshash ekanligini aniqladilar.

Pangolinlar - Osiyo va Afrikada keng tarqalgan zirhli sut emizuvchi hayvon va chumolixo‘r qarindoshlari hisoblanadi. Ular asosan hasharotlar bilan oziqlanadi. Xitoyda pangolinning go‘shti delikates hisoblanadi, qora bozorda pangolin teri qoplama tangachalari esa kumush narxida baholanadi.  

Janubiy Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti va Linnan-Guandun zamonaviy qishloq xo‘jaligi laboratoriyasi olimlari koronavirus pangolinlardan olinganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘qligini va bu hayvonlar kasallikning yagona tarqatuvchisi emasligini ta’kidlamoqda. Mutaxassislar xitoyliklarni yovvoyi hayvonlarga yaqinlashmaslikka chaqirmoqda.

Bundan avval Xitoy olimlari odamlar koronavirusni ilon yoki ko‘rshapalaklardan yuqtirgan bo‘lishi mumkin degan fikrni ilgari surishgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda yangi koronavirus bilan 31 mingdan ortiq kishi kasallandi, ulardan 962 kishi og‘ir ahvolda. Bu virusdan 636 kishi vafot etdi.

 

Kiritildi: 18:29 07.02.2020. O'qildi: 6462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!