Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Olimlar Oyda sirli yer osti g‘orini aniqlashdi

A A A
Olimlar Oyda sirli yer osti g‘orini aniqlashdi

Olimlar Oy sathida ilk bor yer osti g‘orini aniqlashgan. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, aniqlangan g‘or Oy sathidan kamida 100 metr chuqurlikda joylashgan. Tadqiqotchilar bu kabi yer osti g‘orlari yer yo‘ldoshida ko‘plab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Mutaxassislarning bir guruhi yangi g‘orni insoniyatning kelgusidagi koinot missiyalari uchun baza sifatida ko‘rmoqda. Chunki g‘or astronavtlarni kosmik radiasiya, ekstremal harorat va kosmik bulutlardan himoya qila oladi.

Oydagi sirli ob’ektni Italiyaning Trento universiteti olimlari Lorenzo Bruzzone va Leonardo Karrerlar topishgan. Ular tabiiy yo‘ldoshdagi Mare Tranquillitatis deb nomlangan qoyali tekislik hududini kuzatishgan va kosmik radar yordamida shubhali chuqurlikni aniqlashgan.

Olimlar Oyda sirli yer osti g‘orini aniqlashdi

G‘or AQShning Apollon 11 missiyasi qo‘ngan hudud yaqinida joylashgan. Uning ichki qismi vulqon kuli va toshqotma ma’dandan iborat ekani taxmin qilingan.

“Bu haqiqatan ham hayajonli. Ushbu kashfiyotlarni amalga oshirganingizda va bu tasvirlarga qaraganingizda, siz insoniyat tarixida buni ko‘rgan birinchi odam ekanligingizni tushunishingiz bu juda ajoyib hissiyot”, — dedi professor Karrer.

Tadqiqotchilar insoniyat keyingi 20-30 yillar davomida Oyda topilgan g‘orlardan foydalanishi mumkinligini bildirgan. G‘arb hukumatlarida esa allaqachon kosmik stansiya qurish rejasi mavjud.

Kiritildi: 13:34 16.07.2024. O'qildi: 1634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!