Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Olimlar og‘izdagi viruslarni zararsizlantiradigan saqich ishlab chiqishdi

Olimlar og‘izdagi viruslarni zararsizlantiradigan saqich ishlab chiqishdi

Amerikalik olimlar viruslarni organizm hujayralariga kirishidan oldin bartaraf etadigan saqichni ishlab chiqishdi.

Pensilvaniya universiteti olimlari og‘iz va tomoqdagi viruslarni zararsizlantirishga qodir noyob saqich ustida ishlamoqda. Bu infeksiyaning oldini olishda yangilik bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi BILD.

Bu g‘oya COVID-19 pandemiyasi davrida paydo bo‘lgan. Professor Genri Deniyell va uning jamoasi ko‘p miqdorda CTB-ACE2 oqsilini ishlab chiqaradigan o‘simlik hujayralari asosida saqich ishlab chiqishdi. Bu oqsil virusni organizm hujayralariga yopishib olish imkoniyatiga ega bo‘lmasdan oldin bloklaydi. Laboratoriya sharoitida bu saqich koronavirus konsentrasiyasini 95 foizga kamaytirdi.

Hozir olimlar gripp shtammlari va gerpes virusiga qarshi kurashda xuddi shu texnologiyadan foydalanmoqda. Saqichning yangi versiyasi ham laboratoriyada istiqbolli natijalarni ko‘rsatdi va yaqin kelajakda uni odamlarda sinab ko‘rish rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 17:52 15.04.2025. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!