Bugun 20 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Olimlar insoniyatga koronavirusdan ham qo‘rqinchliroq tahdidni ma’lum qilishdi

Olimlar insoniyatga koronavirusdan ham qo‘rqinchliroq tahdidni ma’lum qilishdi

Olimlar odamlar uchun koronavirus, sil, OITS va boshqa kasalliklarga qaraganda kattoroq xavf tug‘diradigan tahdidni ma’lum qilishdi.

Tadqiqot havo sifati indeksini doimiy ravishda tuzadigan AQLI tashkilotining veb-saytida e’lon qilingan.

Materialda ta’kidlanishicha, ifloslangan havo o‘rtacha umr ko‘rishni ikki yilga kamaytiradi. Bundan tashqari, ushbu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lgan davlatlar mavjud.

Tadqiqotchilarning aytishicha, Hindiston va Bangladeshda zararli chiqindilar tufayli o‘rtacha umr ko‘rish 10 yilga qisqarishi mumkin.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 20 yil ichida Bangladesh, Hindiston, Nepal va Pokiston kabi mamlakatlarda havo ifloslanishi darajasi 44% ga oshgan. Janubi-Sharqiy Osiyo aholisining qariyb 89 foizi havo ifloslanishi darajasi JSST ruxsat bergan darajadan yuqori bo‘lgan joylarda istiqomat qiladi.

 

 

 

 

Kiritildi: 22:17 30.07.2020. O'qildi: 12165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!